10.00.00
NEMIS TILIDAGI FE’L BOSHQARUVINI TALABALARGA DERIVATIV IFODALAR ORQALI TUSHUNTIRISH
S.M.Abduraхmаnov
Nashr: №126
05.01.2023
Annotatsiya
Har bir tilning gap qurilmasi bir-biridan farqlanadi. Shu boisdan biror bir xorijiy tilda nutqiy ko’nikmalarni to’g’ri shakllantirish uchun eng avvalo o’sha til doirasida sintaktik jihatdan so’zlarning o’zaro birikishini bilish kerak bo’ladi. Mazkur maqolani yozishdan maqsad nemis tilidagi fe’l boshqaruvi asosida so’z birikmasi tashkil qilish va undan nutqda samarali foydalanish usullari bilan talabalarni tanishtirishdir. Maqolada o’zaro muqobil bo’lgan sodda va yasama fe’llarning o’ziga tobe so’z bilan boshqaruv munosabatida qanday birikishi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan va bu sintaktik aloqa turi qoidalarini tez va oson o’zlashtirib olish usullari ko’rsatilgan
Kalit so'zlar:
derivativ ifodalar
sintaktik aloqa turlari
fe’l boshqaruvi
sodda so’zlar
yasama so’zlar
so’z birikmalari
fe’l boshqaruvidan nutqda samarali foydalanish usullari.