BADIIY MATNDA KONSEPTUAL METAFORA TUZILMALARINING FAOLLASHUVI
Annotatsiya
Maqolada badiiy matn makro-strukturasining kognitiv xususiyatlarini tahlil qilish, tasviriy sxema va badiiy matn o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi. Badiiy matnning alohida qismlarga ajralib ketmasligini ta’minlovchi asosiy omil – uning konseptualligidir. Konseptual axborotsiz matn yaxlitlik xususiyatga ega bo‘la olmaydi. Yaxlitlikni, ayni paytda, metindek jipslashish ramzida qaramaslik kerak, chunki har qanday matn turli konseptual strukturalar ishtirokida tarkib topadi. Olimlar metaforalarning badiiy matnda namoyon bo‘ladigan kreativlik xususiyatiga alohida e’tibor berib, bu xususiyatni ajratish uchun konseptual va lisoniy qatlamlari bir xilda e’tiborga olinishi lozimligini alohida ta’kidlaydi.