02.00.00
ZOL-GEL TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TETRAETOKSISILAN VA AYRIM METALL OKSIDLARIDAN SORBENTLAR OLISH
Uzoqov J.R., Muxamadiyev N.Q., Zufarov A.M.
Nashr: №123
05.02.2023
Annotatsiya
Zol-gel texnologiyasi asosida kislotali muhitda turli haroratlarda tetraetoksisilan va ayrim metall oksidlaridan sorbent namunalari olindi. Olingan sorbentlarda benzol bug‘i adsorbsiyasi orqali solishtirma sirt yuzasi, g‘ovaklarning hajmi va o’rtacha diametri hisoblab topildi. Unga ko’ra sorbentlarning solishtirma sirt yuzasi 700-900 m2/g, g’ovaklarning hajmi 0,60-0,90 sm3/g, g’ovaklarning o’rtacha diametri esa 1,3-6,5 nm ekanligi aniqlandi. Shuningdek, sorbentlarning fazaviy tarkibi rentgen difraktometr XRD va IQ spektroskopiya usullarida, tekstur xususiyatlari esa skanerlovchi elektron mikroskopiya usullari yordamida o’rganildi.
Kalit so'zlar:
Zol-gel texnologiya
mezog’ovak
sorbent
soliishtirma sirt yuza
g’ovak hajmi
g’ovaklar diametri
kapillyar kondensatsiya
difraktogramma