02.00.00
6-METILURATSIL BILAN ALKILTETRAGIDROIZOXINOLINLAR O‘RTASIDAGI AMINOMETILLASH REAKSIYASINI O‘RGANISH
А.Sh. Sаidоv1, M.M. Xolmirzayev1, A.A. Xudayberdiyeva1, A.U. Ubaydullayev2, V.I. Vinоgrаdоvа2
Nashr: №129
20.01.2023
Annotatsiya
6-metiluratsilning almashtirilgan alkiltetragidroizoxinolinlar bilan Mannix reaksiyasi o‘rganildi. Ekvimolekulyar miqdordagi reagentlardan foydalanish yangi mahsulotlarni - 5-((6,7-dimetoksi-1-alkil-3,4-digidroizoxinoli-2(1H)-il)metil)-6-metiluratsilni 34-53% unum bilan olish imkoni berdi. PASS dasturi asosida moddalarning biologik faolligi baholandi, mahsulotlarning tuzilishi YaMR spektroskopiya usullari yordamida o‘rnatildi.
Kalit so'zlar:
6-metiluratsil
alkiltetragidroizoxinolin
Mannix reaksiyasi
PASS
dasturi
YaMR spektroskopiya.