YARIM OʻTKAZGICHLARDA ULTRATOVUSHNING YUTILISHIDAGI NOCHIZIQLI EFFEKTLAR HAQIDA
Annotatsiya
Toʻlqin uzunligi elektronlarning diffusion uzunligidan ancha kichik,lekin ularning erkin chopish uzunligidan ancha katta boʻlgan tovush toʻlqinining yarimoʻtkazgichlarda yutilishida yuzaga keladigan nochiziqli effektlarga tovush yaratgan elektr maydoni tomonidan elektronlarning qizishining ta’siri qarab chiqilgan.Elektronlar energiyasining ortishi bilan impulsning relaksatsiya vaqti sochilishning yetarlicha tez oshadigan ayrim mexanizmlarida tovush yutilishi koeffitsiyentining elektronlarning tovush toʻlqini tomonidan qizdirilishiga juda ta’sirchan boʻlishligi,ya’ni yutilishning nochiziqli koeffitsiyentining chiziqli yutilish koeffitsiyentidan qizish parametrining hatto kichik qiymatlarida ham sezilarli farq qilishi koʻrsatilgan.Oʻrganilgan sharoitlarda tovush yutilishining nochiziqli koeffitsiyentining tovush intinsivligi va chastotasidan qanday bogʻliq boʻlishligi qarab chiqilgan.