01.00.00

KOMPENSATSIYALANGAN YARIMO‘TKAZGICHLARDA ERKIN ZARYAD TASHUVCHILAR TOMONIDAN TOVUSHNING YUTILISHI HAQIDA

O.Pardayev, U.To‘xtayev, E. Umirzakov
Nashr: №107
06.02.2023
604 marta o'qildi
341 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Kuchsiz legirlangan va kompensatsiyalangan yarim o‘tkazgichlarda past temperaturalarda erkin zaryad tashuvchilar tomonidan ultratovushning yutilish nazariyasi qarab chiqilgan. Bunda sakrab yutilish bilan bir vaqtda katta masshtabli potensial relyefda joylashgan elektronlar tomonidan sodir bo‘ladigan yutilish sezilarli ulush qo‘shishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Berilgan bunday ulushning turli chegaraviy hollarda chastota va temperaturaga qanday bog‘langanligi tahlil qilingan, bunday bog‘lanishlarning sathlarda oquvchan elektro n lar hamda sakrashda yuzaga keladigan yutilishlarda kuzatiladigan bog‘lanishlardan sezilarli darajada farq qilishi aniqlangan.

Kalit so'zlar:

yutilish legirlangan kompensatsiyalangan yarim o‘tkazgich ultratovush temperatura sakrovchi kichik masshtabli katta masshtabli ulush potensial relief oquvchanlik chastota