03.00.00 - Biologiya fanlari

TOLA UZUNLIGINING YETTI AVLOD O‘SIMLIKLARIDA NAMOYON BO‘LISHI

Xakimov A.E.
Nashr: №3
19.09.2025
258 marta o'qildi
129 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tadqiqotda o‘rta tolali g‘o‘zaning uchta navi – Namangan-77, S-6524 va O‘zFA-711 navlarida 2016–2022 yillar davomida tola uzunligi belgisi ko‘rsatkichlarining saqlanishi, o‘zgaruvchanligi va barqarorligi o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zFA-711 navida tola uzunligi yillar davomida barqaror bo‘lib, avlodlar davomida o‘zgaruvchanlik darajasi kamaygan. Namangan-77 navida esa ayrim yillarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan, bu esa seleksiya jarayonlarida takomillashtirish imkoniyatini anglatadi. S-6524 navida esa tola uzunligi bo‘yicha nisbatan barqarorlik kuzatilgan. Tadqiqot natijalari seleksiya va urug‘chilik ishlarida tola uzunligini belgilovchi genotipik barqarorlikni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar:

G‘o‘za tola uzunligi barqarorlik genotipik belgi geleksiya o‘zgaruvchanlik sifat ko‘rsatkichlari populyatsiya tahlili.