07.00.00 - Tarix fanlari

TOSH DAVRI TAQINCHOQLARINING ESTETIK VA KOSMOGONIK FUNKSIYALARI

U.A.Umarov, M.U.Abdujabborova
Nashr: №2
21.06.2025
195 marta o'qildi
146 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoning tosh davri manzilgohlaridan topilgan taqinchoqlarning kelib chiqishi, yasalish materiallari, estetik va kosmogonik vazifalari haqida so‘z boradi. Ma’lumki, so‘nggi tosh davriga kelib mehnat qurollari takomillashib, ibtidoiy san’at vujudga kelgan, yana bir muhim o‘zgarish turli materiallardan yasalgan zargarlik buyumlaridan foydalanish bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda so‘nggi paleolit davriga oid zargarlik buyumlari dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan ancha kam topilgan. Shuningdek, taqinchoq buyumlarining yaratilishi qadimgi odamlar ongidagi katta o‘zgarishlarning moddiy ko‘rinishi sifatida ham namoyon bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Maqolada so‘nggi tadqiqotlar asosida Markaziy Osiyo, unga tutash hududlar va dunyoning boshqa qismlarida so‘nggi tosh davri zargarlik buyumlarining o‘rganilishi va u bilan bog‘liq muammolar ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar:

So‘ngi paleolit mezolit neolit  manzilgoh taqinchoqlar ibtidoiy san’at tafakkur estetik kosmogonik inson tabiat ma’naviy hayot.