22.00.00 - Sotsiologiya fanlari

INSON SALOHIYATINI YUKSALTIRISHGA DOIR NAZARIYALAR TAHLILI

Kulbekova Nasiba
Nashr: №2
11.04.2025
162 marta o'qildi
105 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada inson salohiyatini yuksaltirishga oid nazariyalar tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Insonning intellektual, ma’naviy va kasbiy rivojlanishi ta’lim tizimi orqali shakllanishi, bu jarayonning turli falsafiy va ilmiy yondashuvlar asosida qanday rivojlanganligi yoritiladi. Tadqiqotning dastlabki qismida inson salohiyatini rivojlantirishga oid Sharq mutafakkirlarining fikrlari, bilish jarayoni, axloqiy yetuklik va ta’lim tizimi bilan bog‘liq qarashlari tahlil qilinadi. Ushbu davrda insonning tafakkurini kengaytirish, ilmiy bilish metodlari va axloqiy tarbiya ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida qaralgan. Shuningdek, ta’lim va inson imkoniyatlarini oshirishga oid qadimiy sharqona qarashlar hamda ularning jamiyat rivojiga ta’siri o‘rganiladi. Maqolaning keyingi qismida zamonaviy ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Jumladan, inson ehtiyojlari iyerarxiyasi, kognitiv rivojlanish, tajriba asosida o‘rganish, ijtimoiy ta’lim nazariyalari o‘rganiladi. Ushbu yondashuvlar inson salohiyatining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va zamonaviy ta’lim tizimida qanday qo‘llanilayotganligi tahlil qilinadi.  

Kalit so'zlar:

Kalit so‘zlar: Inson salohiyati ta’lim nazariyalari tarixiy rivojlanish innovatsion ta’lim shaxsiy taraqqiyot bilish jarayoni psixologik nazariyalar kasbiy rivojlanish kognitiv ta’lim ijtimoiy ta’lim nazariyalari axloqiy tarbiya.