10.00.00 - Filiologiya fanlari

LIRIKADA ILTIJO KONSEPTINI IFODALAYDIGAN JANRLAR

NABIYEVA Nodira Sаidovnа
Nashr: №1
03.04.2025
644 marta o'qildi
168 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida ayollar ijodida iltijo konseptining aks etishi tahlil etiladi. Zulfiyaxonim Isroilova, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdiyeva, Zebo Mirzo va Halima Ahmedovalar ijodida iltijo konseptining turli ko‘rinishlari yoritilgan. Ushbu konsept she’riyatda Ollohga nola qilish, uzr so‘rash, tushkunlik va sevgi izhori kabi turli hissiy holatlarni o‘z ichiga oladi. Muallif Saida Zunnunova va Zebo Mirzo she’rlarini tahlil qilib, lirik qahramonlarning tuyg‘ulari qanday ifodalanganligini ko‘rsatadi. Lirika inson ruhiyatini ochishda muhim ahamiyat kasb etishi va iltijo konsepti she’riyatda chuqur falsafiy hamda hissiy ma’noga ega ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqot davomida iltijo konseptining badiiy jihatlari ham o‘rganilib, she’riyatdagi o‘ziga xosligi ochib beriladi.

Kalit so'zlar:

iltijo konsept Saida Zunnunova lirika janr doston g‘azal Zebo Mirzo ko‘ngil ong.