10.00.00 - Filiologiya fanlari

TURKISTON OʻLKASIDA MUSTAMLAKA TIBBIYOTINI OʻRNATISHDAGI IJTIMOIY MUAMMOLAR

Xurshid Sirojiddinovich JUMANAZAROV
Nashr: №1
03.04.2025
628 marta o'qildi
168 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgandan so‘ng, mustamlaka tibbiyotini joriy etishda ijtimoiy muammolar vujudga keldi. Tadqiqotda turkistonliklarning tibbiy xizmatdan foydalanishiga to‘sqinlik qilgan asosiy omillar tahlil qilingan. Xususan, shifokorlarning mahalliy aholi tilini bilmasligi, tibbiy anjomlarga bo‘lgan ishonchsizlik, tabiblar va shifokorlarning parallel faoliyati, shuningdek, diniy e’tiqoddagi tafovutlar muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Aholining aksariyati davlat tomonidan joriy etilgan tibbiy tizimdan chetlashib, an’anaviy tabiblar xizmatidan foydalanishni afzal bilgan. Mustamlaka siyosati natijasida turkistonliklar va yevropalik aholi nafaqat geografik, balki tibbiy xizmatdan foydalanish borasida ham ajralgan.

Kalit so'zlar:

Islom dini afgʻon yarasi harbiy kiyim sartarosh eski shahar yangi shahar tabib.