02.00.00 - Kimyo fanlari
GLUTAR KISLOTASINING VINIL EFIRINI FAOLLASHTIRUVCHI REAGENTLAR YORDAMIDA SINTEZ QILISH
Tursunov Shavkatjon Shokitjon o'g'li, Nurmanov Suvankul Erxanovich, Parmanov Asqar Bosimovich
Nashr: №5
04.10.2024
477 marta o'qildi
140 ta yuklash
9 bet
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida glutar kislota vinil efirini sintez qilish uchun vinil atsetat bilan vinil almashinish reaksiyalari amalga oshirildi. Glutar kislotasini faollashtiruvchi reagent — 2-xlor 4,6-dimetoksi 1,3,5-triazin bilan oraliq faol triazin efirini va kaliy uchlamchi butilat yordamida vinil guruhini oson uzatuvchi oraliq mahsulot hosil qilish orqali glutar kislota divinil efiri yuqori unumlarda sintez qilindi. Tadqiqot natijalari asosida erituvchi, harorat, vaqt, dastlabki moddalarning mol nisbatlari tahlil qilindi. Tahlillar asosida jarayonning optimal sharoiti aniqlandi.
Kalit so'zlar:
Glutar kislota
vinil atsetat
2-xlor 4
6-dimetoksi 1
3
5-triazin
kaliy uchlamchi butilyat
vinil almashinish
tetragidrofuran
glutar kislota divinil efiri.