03.00.00 - Biologiya fanlari
INTENSIV OLMA BOGʻLARI NEMATODAFAUNASI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)
Mavlyanov O., Nurmatova D.M., Narzullayev S.B.
Nashr: №3
17.09.2024
283 marta o'qildi
313 ta yuklash
11 bet
Annotatsiya
Mazkur maqolada Samarqand viloyati hududida tashkil etilgan intensiv olma bogʻlari nematodafaunasi haqida maʻlumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar davomida intensiv olma bogʻlarida 47 turga mansub nematodalar aniqlanib, taksonomik tahlili amalga oshirilgan. Nematodafauna tarkibida Tylenchida va Dorylaimida turkumlari son jihatdan ustunlik qilishi maʻlum boʻldi. Oʻrganilgan nematodafauna tarkibida Longidorus arenosus, L.olegi turlari Oʻzbekiston faunasi uchun yangi turlar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, aniqlangan turlar va ularning individlarining biotoplar boʻyicha tahlili amalga oshirilib, tur va individlarning aksariyati rizosfera tuprogʻining 0-15 sm li qatlamida uchrashi qayd etilgan.
Kalit so'zlar:
intensiv bogʻlar
olma
nematodalar
nematodafauna
biotop