03.00.00 - Biologiya fanlari

SORGHUM ALMUM PARODI URUG‘LARINING UNISH ENERGIYASI VA UNUVCHANLIGIGA SHO‘RLANISHNING TA’SIRI

Avutxonov B.S., Safarov K.S.
Nashr: №3
17.09.2024
142 marta o'qildi
135 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada Sorghum almum Parodi urug‘larining unish energiyasi va unuvchanligiga sho‘rlanishning ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Tuproq sho‘rlanishining o‘simliklarga salbiy ta’siri natijada ularning mahsuldorlik xususiyatlari o‘zgarib, hosildorligi va hosil sifatining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan tadqiqotlar davomida Sorghum almum Parodi urug‘larining laboratoriya sharoitida unish energiyasi va unuvchanligiga distillangan suv, natriy xlorid (NaCl) va natriy sulfat (Na2SO4) tuzlarining 0,5 , 1,0 , 1,5 , 2,0 va 2,5 foizli eritmalarining ta’siri o‘rganilgan. Natriy xlorid va natriy sulfat tuzlarining 0,5 va 1,0 foizli eritmalarida urug‘larning unish energiyasi va unuvchanligining yuqori bo‘lishi aniqlangan. Sorghum almum Parodini turli darajada sho‘rlangan tuproq sharoitida yetishtirish mumkinligi isbotlangan.  

Kalit so'zlar:

Kolumb o‘ti urug‘ sho‘rlanish natriy xlorid va natriy sulfat eritmalari unish energiyasi unuvchanlik.