13.00.00 - Pedagogika fanlari

TALABALARNING EKOLOGIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH TENDENTSIYALARI VA EKOPADEGOGIK TADQIQOTLARNING TAHLILI

Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna
Nashr: №4
11.09.2024
563 marta o'qildi
123 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Maqola oliy ta’lim muassaslari talabalarida ekologik kompetentlikni rivojlantirishga bag`ishlangan bolib, muammoning samarali yechimiga qaratilgan qator tendentsiya va ekopadegogik tadqiqotlarning tahlillari qayd etilgan. Ta`limdagi islohotlar va boʼlajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda taʼlim bilan birga tarbiyaga oid jarayonlarni tashkillashtirish, xalqaro tajribalarga tayanib talabalarda ekopedagogik savodxonlikni amalga oshirish dolzarb muammolardan ekanligi takidlab o‘tilgan. Shuningdek, talabalar yosh pedagog kadrlar sifatida ekologik kompetentlikni rivojlantirishi va amaliy faoliyatda zamonaviy talablarga, xalqaro tajribalarga asoslanib ekopedagogik yondashuvni amalga oshirishi kabi fikr-mulohazalar yoritilgan. Qiyosiy nuqtai nazardan bo'lajak o'qituvchilarning ekologik kompetentligini izchil, tizimli rivojlantirish, ekologik kompetentlik mazmunini tarkib toptirish, ta’minlash va rivojlantirishga tizimli yondashuvlar tavsiflangan.

Kalit so'zlar:

talaba ekopedagogika ta`lim kompetentlik rivojlantirilishi tendentsiyalar tadqiqotlar tahlillar.