02.00.00 - Kimyo fanlari
5-XLORBENZIMIDAZOLLAR QATORIDA YUQORI SAMARALI, SUVDA OSON ERUVChAN, YANGI AVLOD GERBITSIDINING OLINIShI
E.O. Raxmatov, B.B. Jurayev, S.S. Saidov, A.Sh. Abdurazakov, E.R. Kurbanova,X.M. Bobakulov, Sh.U. Yuldashev, B.J. Elmuradov
Nashr: №5
09.09.2024
462 marta o'qildi
16 ta yuklash
9 bet
Annotatsiya
Har xil turdagi begona o‘tlarga qarshi yuqori dozalarda gerbitsid sifatida qo‘llaniladigan suvda deyarli erimaydigan 2-metil-5-xlorbenzimidazol (1) va N-(fosfonometil)-glitsin kislotasi (2) ishtirokida yuqori samarali yangi turdagi gerbitsid preparatini (3) suvda oson eruvchan tuz holida olishning samarali usuli ishlab chiqildi. Olingan birikma gerbitsid preparatlarga nisbatan kam me’yorlarda yuqori faollik ko‘rsatishi aniqlandi. Sintez qilingan birikmalarning tuzilishi fizik-kimyoviy usullar yordamida tahlil qilindi va ularning gerbitsid faolligi o‘rganildi.
Kalit so'zlar:
2-metil-5-xlorbenzimidazol
N-(fosfonometil)-glitsin
gerbitsid faollik
to‘rtlamchi tuz
1H YaMR-spektr.