22.00.00 - Sotsiologiya fanlari
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI KASBIY FAOLIYATNING TURI SIFATIDA: SOTSIOLOGIK YONDASHUV
Z.F.Hojiyev
Nashr: №2
02.07.2024
480 marta o'qildi
62 ta yuklash
9 bet
Annotatsiya
Ushbu maqola davlat fuqarolik xizmatining kasbiy faoliyatning turi ekanligiga bag‘ishlangan. Xususan, sotsiologik jihatdan mazkur sohani talqin qilishdagi nazariyalar, mumtoz sotsiolog olimlarning inson kasbiy faoliyati, mehnat taqsimoti va insonlarni birlashtiruvchi jamoa to‘g‘risidagi yondashuvlari tahlil qilingan. Ushbu faoliyatni ma’lum cheklovlar asosida olib borishi, tarkibiy tuzilishi jihatdan ratsional byurokratiya elementlariga, iyerarxiyaga va vakolatlarga ega bo‘lishi, faoliyat tashkilotlarda amalga oshirilishi hamda davlat fuqarolik xizmatining prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur kasbni muvaffaqiyatli olib borishda xodimlarning maxsus bilim va malaka, qobiliyat va kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozimligi yoritib berilgan
Kalit so'zlar:
Davlat fuqarolik xizmati
mehnat taqsimoti
kasbiy faoliyat
professionallik
kompetensiya
mas’uliyat
iyerarxiya
intizom
cheklov
kafolat.