11.00.00 - Geografiya fanlari

DARYO HAVZASINI TABIIY XO‘JALIK TIZIMI SIFATIDA TADQIQ QILISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

F.T.Rajabov
Nashr: №3
02.07.2024
632 marta o'qildi
129 ta yuklash
14 bet

Annotatsiya

Maqolada daryo havzasi ilk bor tizimli yondashuv negizida “Tabiiy-xo‘jalik tizimi” sifatida tadqiq qilindi. Shu bilan bir qatorda tabiiy va xo‘jalik elementlarining o‘zaro aloqadorligi yer usti suv oqimlari yordamida asoslab berildi. Havzaviy kartalashtirish rel’ef plastikasi usuli negizida daryo havzasini “Tabiiy-xo‘jalik tizimi” sifatida tadqiq qilishning bosqichlari dala ma’lumotlari asosida ishlab chiqildi. Daryo havzasidagi “Tabiat-aholi-xo‘jalik” tizimining o‘zaro aloqadorligi nazariy asoslab berildi. Bu o‘rinda muallif bu elementlarning o‘zaro aloqadorligini nazariy asoslashda daryo havzasining funksional-yaxlitligiga alohida e'tibor berdi. Daryo havzasining funksional-yaxlitligi o‘z navbatida tabiiy va xo‘jalik tizimlarining o‘zaro bog‘liqligini asoslashda yaxlit geotizim rolini o‘ynaydi.

Kalit so'zlar:

Daryo havzasi “tabiiy-xo‘jalik tizimi” rel’ef plastikasi usuli geotizim ta’limoti rel’ef elementlari: balandlik va pastliklar havzaviy kartalashtirish tizim hosil qiluvchi yer usti suv oqimlari havzaning tabiiy chegarasi tabiiy resurs hamda tabiiy sharoit xo‘jalik tarmoqlari.