11.00.00 - Geografiya fanlari

SIRDARYO VILOYATINING ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANISHI MONITORINGI VA NOZOEKOLOGIK HOLATI

Lola Karshibayeva
Nashr: №3
25.06.2024
562 marta o'qildi
12 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, nazorati va nozoekologik holati bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.  Sirdaryo viloyati hududi markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti asosan “Beshbuloq” va “To‘rttom-Sirg‘ali” yer osti suv manbalaridan hamda tuman va shahar hududlaridagi yer osti toza suv manbalaridan tik quduqlar orqali ta’minlanadi. Respublikamizda ichimlik suvini tazalash va nazorat qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, maqolada Sirdaryo viloyati ichimlik suvining kimyoviy tarkibi tekshirilib, uning natijasida vujudga keluvchi kasalliklar ya’ni qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatitning A turi kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi, nozoekologik holati ochib berilgan. Binobarin, Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi ichimlik suvi tarkibi tekshirilganda suvning minerallashuv darajasi Xovos, Sardoba va Yangier shaharlarida birmuncha yuqoriligi kuzatilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida virusli gepatit “A” bilan kasallanish holati ham yuqoriligi izohlangan

Kalit so'zlar:

Kalit so‘zlar: “Beshbuloq” va “To‘rttom-Sirg‘ali” yer osti suv manbalari dizenteriya virusli gepatitning A tur epidemiologik osoyishtalik sanitariya.