01.00.00 - Fizika-matematika fanlari
KICHIK MOLEKULALI DONOR ASOSIDAGI ORGANIK QUYOSH ELEMENTLAR FAOL QATLAMINING STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI
2. V.O.Kuvondikov
Nashr: №1
04.04.2024
734 marta o'qildi
582 ta yuklash
11 bet
Annotatsiya
Hozirgi kunda organik quyosh elementlari ustida tadqiqot olib borayotgan olimlar fotoelementlar stabilligini va samaradorligini oshirishda kichik molekulali donor polimerlarni istiqbolli deb hisoblashmoqda. Ushbu maqolada KMBT kichik molekulali donor va Y6 fullerensiz akseptor polimeridan iborat faol qatlam yupqa plyonkasining strukturaviy xususiyatlari tadqiq qilindi. Shuningdek, KMBT+Y6 tarkibli faol qatlamga qo‘shimcha erituvchilar qo‘shish va erituvchi bug‘ida qizdirish orqali ishlov berilganda faol qatlam strukturasini qayta shakillanishi hisobiga donor-akseptor fazalar ajralishining ideallashuvi hamda qatlam kristallanish darajasi oshganini GIWAXS difraksion tasvirlari orqali ko‘rsatildi.
Kalit so'zlar:
kichik molekulali donor
Y6 akseptor
faol qatlam
yupqa plyonka
erituvchi bug‘ida qizdirish
GIWAXS
“spin coating”.