22.00.00

OILA VA AVLODLAR TARIXINI O‘RGANISHGA SOTSIOLOGIK YONDASHUV

S.M.Kalanova
Nashr: №98
04.02.2023
796 marta o'qildi
558 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Maqolada oila va avlodlar tariхini o‘rganish uslublariga hamda avlodning jamiyatdagi va oiladagi vazifalari xususidagi faktik misollarga to‘хtalib o‘tiladi. Shuningdek, “avlod” tushunchasi kundalik hayotda, bеllеtristik (prozaik) asarlarda va OAVda kеng qo‘llanilsa-da, ilm-fanda u qadar keng tarqalmaganligi, shu sababli ham unga tariх, хususan vatan tariхi sohasida qanchalik kam murojaat qilingan bo‘lsa, sotsiologiya yo‘nalishida ham ushbu mavzuda mamlakat miqyosida tadqiqot ishlari olib borilmaganligi kabi dolzarb muammolar ilgari suriladi. Atoqli sotsiologlarning avlodlar tariхi va undagi munosabatlarning tahliliga doir fikrlariga to‘xtalib, “moddiy” va “ma’naviy” katеgoriya hamda oila va nikoh, avlod munosabatlarida “sotsial” katеgoriyalarning ahamiyati xususidagi fikrlari atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Kalit so'zlar:

avlod oila oila-nikoh instituti sotsial guruhlar ijtimoiylashuv davriy avlod.