09.00.00 - Falsafa fanlari
NOGIRONLIK MASALALARIGA DOIR GLOBAL IJTIMOIY SIYOSATNING SHAKLLANISH JARAYONLARINING XUSUSIYATLARI
A.Abduxalilov
Nashr: №4
25.10.2023
Annotatsiya
Ma’lumki, globallashuv jarayonlari barcha sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Nogironlik sohasidagi ijtimoiy siyosatda ham yangi univesal yondashuvlar vujudga kelmoqda. Ularni tadqiq etish va yangi O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqib joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lmoqda. Maqolaning asosiy maqsadi nogironlik sohasida global ijtimoiy siyosatni shakllanishining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat. Ushbu maqolada turli xil xalqaro tashkilotlarning nogironlik sohasidagi global xisobotlari tahlil qilinib muayyan xulosalarga kelingan. Muallifning fikriga ko‘ra, nogironlik sohasidagi global ijtimoiy siyosatni shakllanishi istiqbolda bu borada yangi yondashuvlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Kalit so'zlar:
globallashuv
nogironlik
qadriyat
ijtimoiy siyosat
legitimlik
aholining turli qatlamlari
davlat boshqaruvi
zamonaviy sivilizatsiya
jamiyat
tengsizlik
xususiy mulk
ziddiyat
davlat va nodavlat tashkilot
davlat hokimiyati organlari
o‘z-o‘zini boshqarish organlari
mintaqa
iqtisodiyot
xalqaro tashkilotlar