10.00.00 - Filiologiya fanlari

ABULVAJD FORIG‘IY ADABIY MEROSI

Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna
Nashr: №4
14.08.2023
855 marta o'qildi
643 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Annotatsiya: Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda o‘z mavqiyeni tiklab olgach, ziyoli, ijodkorlarni o‘z atrofiga chorlaydi. Natijada boburiylar saroyiga Xuroson, Movarounnahr va Erondan juda ko‘plab ilm-fan, madaniyatga daxldor tarixiy shaxslar kela boshladi. Hindistonda turkiy va forsiy tillarga asoslangan yangi adabiy muhit vujudga keldi. Ana shu adabiy muhitning zullisonayn vakillaridan biri - bu Shayx Abulvajd Forig’iydir. Abulvajd Forig’iy Bobur hukmronligi davrida Hindistonga kelib, e’tibor qozongan, hukmdor nazariga tushgan. Humoyun podshoh davrida “malik ush-shuaro” unvoniga sazavor bo‘lgan. Undan bizgacha forsiy va turkiy tildagi g’azallardan tashkil topgan “Devon” yetib kelgan. Mazkur maqolada Abulvajd Forig’iy va uning adabiy merosi haqida manbalar asosida ma’lumotlar umumlashtirildi.

Kalit so'zlar:

Kalit so‘zlar: Hindiston boburiylar adabiy muhiti Abulvajd Forig’iy “Devon”  zullisonayn shoir “malik ush-shuaro”.