10.00.00 - Filiologiya fanlari
NUZUL-VAHIY, BADIIY IJOD VA SHE’RIY TALQIN MASALASI
Qobilov Usmon Uralovich
Nashr: №4
03.08.2023
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada sharqona manba va adabiyotlarda muhim o‘rin tutgan nubuvvat ta’limoti, uning lug‘aviy-istilohiy ma’nolari, mazmun-mohiyati haqida mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, nuzul-vahiy qoidalarining ilmiy va muqaddas manbalarda ifoda etilishi, nubuvvat va badiiy ijod masalasi hamda uning o‘zbek mumtoz lirikasi, xususan, Alisher Navoiy she’riyatidagi ramziy-majoziy ifodalari tadqiq etiladi.
Kalit so'zlar:
O‘zbek mumtoz she’riyati
nubuvvat ta’limoti
nuzul-vahiy va obrazli tasvir
Alisher Navoiy lirikasi
badiiy talqin
ramziy-majoziy ifoda va timsol.