10.00.00 - Filiologiya fanlari

NAVOIY G‘AZALLARI TARJIMASINING LINGVOPOETIK TAHLILI

Eshboyeva Tursuntosh
Nashr: №4
22.07.2023
984 marta o'qildi
1307 ta yuklash
13 bet

Annotatsiya

O‘zbek adabiyotining muhim namoyandalaridan biri Alisher Navoiy ruboiy va g‘azallari bilan butun dunyo miqyosida ma‘lum va mashhurdir. Sevgi muhabbat, axloqiylik, falsafiy chuqurlik, xushmuomalalik, vatanparvarlik, til, din, adolat, tarixiy shaxslar, tabiat, oila, qarindosh-urug‘chilik kabi ko‘plab mavzularda qalam tebratgan. Ul zotning g‘azallari mazmunining boyligi va rang-barangligi bilan ahamiyatlidir. Alisher Navoiy ruboiy va g‘azallari shaydolarini butun dunyodan topish mumkinligi bizni quvontiradi. Yana bir quvonchli xabar shuki, ul zotning g‘azallarini bugun dunyo miqyosida o‘rganishmoqda. Bu tadqiqotda Alisher Navoiy g‘azallarining fransuz tiliga tarjimalari va lingvopoetik tahlili haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so'zlar:

O‘zbek adabiyoti Alisher Navoiy ruboiy g‘azallar lingvopoetik tahlil insonparvarlik muhabbat.