07.00.00 - Tarix fanlari

O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA TARIX FANI (1941-1945-YILLAR)

Narmanov Feruz Asfandiyorovich
Nashr: №4
13.07.2023
875 marta o'qildi
743 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uning ahvoli, xususan tarix fani, tarixiy bilimlarni o‘qitish bilan bog’liq jihatlar ko‘rib chiqilgan. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida ta’lim tizimi va uning moddiy-texnik ta’minotida og‘ir ahvol yuzaga kelgan edi. Ushbu holat ta’limda darslarning olib borilishi, uning sifati, kadrlarning holatiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Maqolada yuqoridagi holatlar tarix fani misolida ilmiy adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar:

Kalit so‘zlar. tarix fani ta’lim tarixi tarix fakulteti metodika Pedagogika fanlari akademiyasi Fanlar Akademiyasi “Tarix va arxeologiya” bo‘limi tarixchi kadrlar tarixiy bilimlar.