01.00.00

ICHIMLIK SUVLARI TARKIBIDAGI RADON-222 MIQDORINI SSINTILLYATSION GAMMA-SPEKTROMETRIK USULDA ANIQLASH

G.Axmedova , Sh.X.Xushmurodov , O.B.Mamatqulov, S.K.Yo‘ldoshev , O.Esonmurodov , A.A.Sadriyev, H.X.Toshpo‘latov
Nashr: №97
04.02.2023
820 marta o'qildi
443 ta yuklash
11 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada turli xil suv manbalari (quduqlar, artezian qudug‘i, kanal, ko‘l, va daryo suvlari)dan olingan suvlarning radioaktivligi NaI(Tl) kristalli ssintillyatsion gammaspektrometr yordamida o‘rganildi. Suv namunalarining o‘lchangan gamma-spektrlarini tahlil qilish natijasida suvlarning radioaktivligi uran, radiy, toriy va kaliy-40 radionuklidlari bilan aniqlanishi ko‘rsatildi. Tekshirilgan suvlarda radiy-226 ning α-yemirilishidan hosil bo‘ladigan radon-222 solishtirma aktivligi aniqlandi. Radon-222 og‘ir radioaktiv gaz bo‘lib, suvlarda erigan holda mavjud bo‘ladi. Yer osti suvlarida radon-222 aktivligi tekshirilgan suvlarda deyarli bir xil bo‘lib, Yer usti suvlaridagi aktivligidan deyarli ikki marta yuqori ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar:

radioaktivlik tabiiy sun’iy oila izotop suv uran toriy radiy radon ssintillyasion gamma-spektrometr spektr fotocho‘qqi aktivlik