10.00.00
TASHXIS VA JONLANTIRISH SAN’ATINING TARIXI VA NAZARIY MASALALARI
N.Kayumov
Nashr: №104
05.01.2023
2192 marta o'qildi
519 ta yuklash
10 bet
Annotatsiya
Tashxis va jonlantirish san’ati badiiy san’atlar ichida goʻzal va diqqatga sazovor san’at turlaridan boʻlib, badiiy soʻz san’atlarining ma’naviy guruhiga kiradi. Tashxis va jonlantirish san’ati jahon adabiyotining ilk badiiy san’at namunalaridan boʻlib, uning vujudga kelishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu badiiy san’at turining vujudga kelishi, ibtidoiy zamon odamlarining paydo boʻlishi va ularning ibtidoiy ongi rivojlanishi bilan bevosita bogʻliqdir. Tashxis va jonlantirish san’ati jahon adabiyotshunosligida toʻliq tadqiq etilmagan. Mazkur maqolada tashxis va jonlantirish san’atining tarixi, nazariy masalalari, boshqa badiiy san’atlardan mustaqilligi va mumtoz adabiyotda tutgan oʻrni aniq dalillar asosida yoritilgan.
Kalit so'zlar:
tashxis
jonlantirish
san’at
poeziya
tarix
poetik
shakl
mazmuni.