02.00.00

YAKKA BOGʻ ORQALI BOGʻLANGAN PIRIDIN VA XALKOGENOAZOLLAR AZOT ATOMLARI ORASIDAGI OʻZARO TA’SIRNI DFT USULIDA OʻRGANISH

A.G. Yeshimbetov, M.M. Nishonov
Nashr: №109
05.01.2023
611 marta o'qildi
349 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

Piridin va xalkogenoazol fragmentlari azot atomlari boʻlinmagan elektron juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir DFT/def2-TZVP usulida nazariy oʻrganildi. N-C-C-N torsion burchak θ=0º va θ=180º boʻlgan holatlardagi geometriyalarning umumiy energiyalari va ular orasidagi farq (ΔE, kJ/mol) hisoblandi. ΔE xalkogen atomi tartib raqamining oshishi bilan keskin ortishi kuzatildi. Shuningdek, besh a’zoli halqaga ikkinchi qoʻshbogʻning va azot atomining kiritilishi bilan ΔE qiymatining nisbatan ortishi aniqlandi

Kalit so'zlar:

2-(xalkogenoazol-2-il)piridin boʻlinmagan elektron juft molekulyar orbitallar orbitallarning fazodagi ta’sirlashishi kvant-kimyoviy hisoblashlar DFT ORCA