02.00.00
ETILENNI OKSIDLANISHLI ASETILLASH JARAYONINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Buronov F.E.2, Musulmonov N.X.1, Fayzullayev N.I.1, Toshboyev F.N.1,
Nashr: №125
05.02.2023
Annotatsiya
Tadqiqotlar natijasida reaksiya oʻtishining quyidagi maqbul sharoiti tanlandi: reaktorning o’rta zonasida 165℃ haroratda, hajmiy tezlik – 2000 soat-1, 4 atm bosimda, etilenning sirka kislotaga nisbati 4:1 va kislorod miqdori 7 hajm %. Ushbu maqbul sharoitda vinilasetat hosil bo’lishi va etilen oksidlanishi reaksiyalari faollanish energiyalari mos ravishda quyidagilarga teng: Ea(VA) = 8,17 kkal/(mol∙K) va Ea(SO2) = 19,61 kkal/(mol∙K). Harorat 220℃ dan oshganda etilenning oksidlanish tezligi vinilasetat hosil bo’lish tezligidan yuqori bo’lishi aniqlandi. Palladiy katalizatori ishtirokida etilen va sirka kislatasidan vinilasetat hosil bo’lish reaksiyasi mexanizmi taklif etildi.
Kalit so'zlar:
etilen
kislorod
sirka kislota
vinilasetat
kinetik tenglama
mexanizm.