03.00.00 - Biologiya fanlari

OLTIN TUSLI QARI QIZ (АRCTIUM AUREUM KUNTZE) NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Islamov B.S., Barakayeva F.A.
Nashr: №4
11.01.2025
771 marta o'qildi
614 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritgach, juda ko’p sohalarda bo’lgani kabi, yaylovlarni o’tloqzorlarga aylantirish masalasida ham olimlar oldida katta vazifalarni qo’ydi. Ayni paytda yem-xashak ekinlari hosildorligini oshirish, tabiiy yem-xashakli yerlarning unumdorligini ko’tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekistonda chorvachilikning salmoqli qismi qurgʻoqchil zonada (choʻl, chala choʻl, togʻ oldi yarim choʻl, adir ) da toʻplangan boʻlib, u yerda chorva mollari deyarli yil davomida tabiiy oziqlanish joylarida boqiladi. Ushbu maqolada aynan yaylovlarda mezokserofit o’simlik sifatida vegetatsiya qila oladigan hamda o’tloqzorlar yaratib, biotsenozlar tarkibini boyitishga yordam beradigan o’simlik Oltin tusli qariqiz (Arctium aureum Kuntze) ning urug’ biologiyasini o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:

Adir yaylov cho’l to’qay tog’ agrotsenoz biotsenoz fitotsenoz biogeotsenoz assotsiatsiya o’tloqzor skarifikatsiya stratifikatsiya urug’ biologiya suv shimish to’yinish qaytarish tabiiy suniy pichanzor qariqiz kserofit mezokserofit areal.