03.00.00 - Biologiya fanlari

GOSSYPIUM HIRSUTUM TURICHI DURAGAYLARIDA AYRIM MORFOBIOLOGIK BELGILARNING IRSIYLANISHI

Azimova L.A., Xolova M.D., Xidirov M.T., Safiullina A.K., Ernazarova D.Q., Kushanov F.N.
Nashr: №4
11.01.2025
768 marta o'qildi
573 ta yuklash
9 bet

Annotatsiya

Ushbu maqola Gossypium hirsutum turining turichi duragaylari morfobiologik belgilarining (tola va chigitdagi tuk rangi, chigit tuklanishi) irsiylanish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Gossypium hirsutum turichi duragaylar ushbu belgilar bo'yicha keng o‘zgaruvchanlikni namoyon etadi. Tolaning rangi paxta sanoati uchun muhim sifat ko'rsatkichi bo‘lib, tabiiy holatda oqdan kulranggacha bo‘lgan ranglarda uchraydi. Chigit usti ham xira oq rangdan toʼq yashil ranggacha bo’lgan kalta tuklar bilan qoplangan. Asosiy e'tibor - duragaylardagi sifat ko‘rsatkichlarining nasldan naslga o‘tish mexanizmlari, ularning genetik asoslari va bu belgilarni aniqlashdagi qiyosiy usullarga qaratilgan.

Kalit so'zlar:

g‘o‘za tetraploid duragay irsiylanish epistaz kombinirlangan holda irsiylanish.