05.00.00 - Texnika fanlari

C60 FULLEREN MOLEKULALARINING QUTBLI ERITUVCHILARDAGI OPTIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

12. U.K. Maxmanov
Nashr: №1
04.04.2024
916 marta o'qildi
626 ta yuklash
12 bet

Annotatsiya

C60 fullerenning N-metil-2-pirolidon (NMP) va NMP/suv erituvchilardagi erutmalaridagi xususiyatlari optik yutilish spektroskopiyasi, yorug‘likning dinamik sochilishi (YDS) va atom-kuchli mikroskopiya (AKM) metodlari yordamida tadqiq qilindi. C60/NMP eritmasiga 25% miqdorida distillangan suv aralashtirilganid, eritma uchun harakterli yutilish maksimumi (331 nm) uchun batoxrom siljish (9 nm ga) va giperxrom effekt, shuningdek 440 nm atrofida nisbatan zaif va keng yangi yutilish sohasi paydo bo‘lishi aniqlandi. Bu optik o‘zgarishlar eritmaga suv qo‘shilganda C60-C60 va C60-NMP komplekslarning qisman buzilib, ularning qayta tashkillanishida yangi C60-suv komplekslari yoki C60- NMP va C60-suv aralash solvat qobiqlarining shakllanishi bilan tushuntiriladi. Eritmalarda C60 kontsentratsiyasi o‘zgarmas bo‘lganda, C60/NMP eritmasida sintezlangan fulleren nanoagregatlarining maksimal gidrodinamik diametri ~19 nm, C60/NMP/suv eritmasidagi qiymati esa ~26 nm bo‘lishi aniqlandi.

Kalit so'zlar:

C60 fulleren C60/NMP C60/NMP/suv optik yutish spektri nanoagregat gidrodinamik diametr.