19.00.00 - Psixologiya fanlari

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-AMALIY JIHATLARI

Muxayyo Rajabova
Nashr: №2
03.04.2024
926 marta o'qildi
158 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko‘rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo‘lib kelmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlari amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimidagi ishlarni amalga oshirish va belgilangan muammolarni hal qilish uchun Ilmiy va amaliy tadqiqot usullari majmuasida psixologik xizmatlar ko‘rib chiqilgan.

Kalit so'zlar:

maktabgacha ta’lim psixologik xizmat psixologik tashviqot psixologik profilaktika psixologik maslahat ta’lim muhiti.