Ma'lumot

DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA TALABALAR MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI

J.A.Karshiyev


Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar talabalarning qiziqish, istaklari, хоhish va eхtiyojlariga suyangan hоlda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi. Darsdan va oliy ta’limdan tashqari ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda talabalarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi. Oliy o’quv yurtlarida talabalarning darsdan tashqari faoliyati oliy o’quv yurtida taxsil oluvchi talabalarning barcha faoliyat turlarining yig'indisidir, bunda ta'lim muassasasining asosiy o'quv dasturiga muvofiq tarbiya va ijtimoiylashuv, qiziqishlarni rivojlantirish va umuminsoniy ta'lim faoliyatini shakllantirish vazifalari hal qilinadi



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v2.1202.999

397 Ko'rishlar | 233 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish