Maqolada qadimgi o‘zbek mifologiyasidagi totemistik qarashlar, muqaddas bilingan
bo‘ri, bars kabi jonivorlarning mifologik talqinlari haqida so‘z yuritildi. Bu xil tushunchalarning paydo
bo‘lishida ma’lum bir tarixiy va migratsion jarayonlar o‘z ta’sirini o’tkazgan. Garchi o‘zbek xalqi orasida
totem hayvonlar ko‘plab uchrasada, ularning hech biri bo‘ri kabi muhim o‘rin tutmaydi.