Bugungi kunda gender tilshunosligida ko‘plab tadqiqotlar olib borilayotganini
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, maqolada o‘zbek va nemis tillarida “ayol” va “erkak” tushunchalarining
genderlik xususiyatlari va farqlari keng yoritib beriladi. Ushbu maqolada gender tadqiqotlarining qisqacha
tarixi, bugungi kundagi roli, rivojlanish bosqichlari, gender stereotiplarining keng qo‘llanilishi, ayol va
erkak tushunchalariga doir nemis va o‘zbek xalq maqollari misolida tushuntirib beriladi. Maqollar
yordamida har ikki jins vakillarining his-tuyg‘ulari, shaxslararo o‘zaro munosabatlari, xulq-atvori, axloqodobiga
tegishli bo‘lgan barcha hislatlar genderlik tadqiqotlari yuzasidan tahlil qilinadi. Bundan tashqari
maqolada feminist olimlarning gender tushunchasini farqlashning ijtimoiy jihatlariga ham to‘xtalib o‘tiladi:
ya’ni, “ayol” va “erkak” ning ijtimoiy o‘xshashlik va farqli jihatlari o‘zaro solishtiriladi. Bunda o‘zbek va
nemis tillaridagi gender tushunchalar, turli qarashlar va fikrlar o‘rganib chiqiladi.