Ma'lumot

ZOL-GEL TEXNOLOGIYA ASOSIDA SiO2 /ZrO2 NANOKOMPOZIT SORBENTLAR SINTEZI VA ULARNING TEKSTUR XUSUSIYATLARI

Uzoqov J.R. 1, Ulug’boyeva G.O. 1, Muxamadiyev N.Q. 1, Tursunqulov O. 2, Iskandarov N. 2


Kislotali muhitda zol-gel texnologiyasi orqali turli haroratlarda SiO2/ZrO2

nanokompozit sorbent namunalari sintez qilindi. Mak-Ben-Bakraning sezgir speralli qurilmasi

yordamida sorbent namunalariga benzol bug‘i adsorbsiyasi orqali ularning tekstur xossalari o‘rganildi.

Unga ko‘ra turli haroratda olingan sorbentlarda solishtirma sirt yuzasi 400-960 m2/g, g‘ovaklar hajmi

0,32-0,90 sm3/g hamda g‘ovaklarning o‘rtacha diametri mos ravishda 0,8-32,1 nm ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, sorbentlarning fazaviy tarkibi XRD rentgen difraktometri usulida, sirt morfologiyasi

skanerlovchi elektron mikroskopiya hamda element tarkibi rentgen mikrotahlili usullari yordamida

o‘rganildi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v1.1252.967

159 Ko'rishlar | 107 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish