Maqolada aminotiokarbamid asosida suvda eruvchan oligomer birikmalar
sintezi va ularning metallar korroziyasiga qarshi ingibitorlik xossalarini tadqiqot natijalari
keltirilgan. Sintez qilingan birikmalarning tuzilishi infraqizil spektroskopiya usuli yordamida
tahlil qilindi. Birikmalarning ingibitorlik xossalari turli temperatura va konsentratsiyalarda
gravimetrik usul yordamida o‘rganildi. Olingan natijalarni tahlil qilish orqali ingibitorlarning
metall sirtiga adsorbsiyasi monomolekulyar adsorbsiya nazariyasiga mosligi aniqlandi va
Lengmyur izotermasi orqali jarayonning Gibbs energiyasi, entalpiya, entropiya qiymatlari
aniqlandi.