Maqolada Ahmad Ziyouddin al-Kumushxonaviyning naqshbandiya
ta’limotidagi valiy va uning karomatlari to‘g‘risidagi g‘oyalari keltirilgan. Kumushxonaviyning
“Valiylar va tariqatlarda usul” kitobida “valiy” tushunchasi kimlarga nisbatan berilganligi tahlil
qilingan, mo’jiza, karomat, maunat, makr va istidroj tushunchalariga izoh berilgan.