Ma'lumot

ELASTIK STERJEN VA SUYUQLIK BO‘G‘INLI DINAMIK SO‘NDIRGICHNING USTUVORLIK MASALASI

O.M. Dusmatov, M.U. Xodjabekov


a. Ushbu ishda kinematik qo‘zg‘alishlar ta’siridagi elastik sterjen va suyuqlik bo‘g‘inli dinamik so‘ndirgichning chiziqlimas tebranishlari ustuvorligi masalasi qaralgan. Sterjenning elastik dissipativlik xossalari gisterezis ko‘rinishida hisobga olingan. Lyapunov metodi va Raus kriteriyasi yordamida qaralayotgan tebranishlardan himoyalanuvchi sistemaning ustuvorligini tekshirish metodikasi ishlab chiqilgan. Ustuvorlik shartlaridan foydalanib tebranishlardan himoyalanuvchi sterjen tebranishlarining ustuvorlik sohalari va chegaralari sistema parametrlarining turli qiymatlarida sonli hisoblashlar natijasida tahlil qilingan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v5.1292.847

243 Ko'rishlar | 110 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish