Ma'lumot

MA’NAVIY QADRIYATLAR TAKOMILIDA SO‘FIYLIK FALSAFASINING O‘RNI

K. D. Haydarov


Ushbu maqola Sharq xalqlari ijtimoiy-axloqiy fikri taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan
g‘oyaviy oqim – so‘fiylik falsafasi, uning asosiy falsafiy xulosalari, g‘oyaviy rahnamolari hamda ushbu
ta’limotning ma’naviy qadriyatlarning takomillashib borishidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda Sharq
xalqlarining ijtimoiy-falsafiy fikrida ma’naviy barkamollik, etuklikka erishish, mukammal va ma’rifatli
inson bo‘lib kamol topish orzusi asrlar mobaynida asosiy, ustuvor g‘oya bo‘lib kelganligi to‘g‘risida fikr
yuritiladi, jamiyat ravnaqida ma’naviy etuk insonning o‘rni to‘g‘risidagi falsafiy qarashlar tahlil qilinadi.
O‘sha davr ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan so‘fiy allomalar, o‘rta asrlarda mintaqaning ma’naviy
yuksalishida muhim o‘rin tutgan mutafakkirlar ta’limotining bugungi kundagi dolzarb ahamiyati haqida
so‘z yuritiladi. Diniy va dunyoviy ilmlar uzviy tarzda rivojlanib borgan o‘sha davr falsafasining ayni
paytda ta’lim-tarbiya rivojidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, XI asrda Sharqda keng yoyilgan so‘fiylik falsafasining Markaziy Osiyo xalqlari
ijtimoiy-falsafiy fikri taraqqiyotiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatganligi, hatto zulm va zo‘ravonlik kuchayib
ketgan chog‘lardayam uning mafkuraviy to‘lqini susaymaganligi falsafiy tahlil qilinadi va xulosalar
beriladi



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v4.1221.823

161 Ko'rishlar | 126 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish