Ushbu maqolada Alisher Navoi ijodida inson muammosi yoritilgan. Navoiy fikricha
insonning qadr-qimmati mezoni ijtimoiy kelib chiqishi va mol-mulki emas, balki uning ma’naviy qiyofasi,
axloqiy sifatlari hisoblanadi. Olamdagi barcha narsalar insonga xizmat qilish uchun yaratilgan. Mutafakkir
panteizm ta’limotiga asoslanib, insonni ilohiylashtiradi, uni ilohiy mavjudlik, Xudoning namoyon bo‘lishi,
deb hisoblaydi. Navoiy odam asosan ijtimoiy hayot jarayonida insoniy xislatlarga ega bo‘lib boradi, deb
hisoblaydi. Inson instiktiv harakat qiladigan hayvondan farqli o‘laroq aql, fahm-farosat, fikrlash, bilish
qobiliyati, shunday qilib, o‘zida u yoki bu predmetlar to‘g‘risida muayyan, tizimli bilim hosil qilish, til
in’omi, o‘zining fikrlari, bilimlarini boshqalarga berish ko‘nikmasiga ega. Bu ijtimoiy fikrni vujudga
keltirib, insonning hayvondan ustunligini bildiradi.