Mazkur maqolada mamlakatimizning milliy tiklanishdan -milliy yuksalishga o‘tish
davrida tibbiyot xodimlari kasb axloqini shakllantirish va rivojlantirish zarurligi bayon etilib, bunda axloq,
kasb axloqi, xususan, tibbiyot xodimlarining kasb axloqi tushunchalariga falsafiy ta’riflar berilgan.
Shuningdek, maqolada jamiyatning tibbiy hayoti va unda tibbiyot xodimlari kasb axloqining amal qilish va
rivojlanish qonuniyatlarining mavjudligi masalasi haqida bahstalab fikrlar bildirilgan.