Ushbu maqolada XX asr 80- yillarning ikkinchi yarmida Ittifoq miqyosida tanglik
holatining yuzaga kelishi sharoitida, jamiyatda boshlangan qayta qurish siyosati ham kutilgan natijani
bermagandan so’ng, respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda tushkunlik holati kuchayganligi tahlil
etilgan. Bu davrda aholi orasida jinoyat sodir etish ko’payganligi, hatto ichki ishlar tizimida ham
qonunbuzarlik holatlari kuzatilgani, bunday sharoitda insonlarning xavfsizligini ta’minlash va mol-mulkini
himoya qilish borasida militsiya organlarining faoliyatida yuzaga kelgan murakkabliklar birlamchi
manbalar va ommaviy axborot ma’lumotlari asosida tadqiq qilingan.