. Formilpinakolin va benzoilsirka al’degidlarning spirtdagi eritmalariga ekvimolyar nisbatda aromatik kislota gidrazidlari o‘zaro kondensatlanishidan H2L tridentat organik ligandlar (H2L1 -H2L8 ) olindi. Ularning spirtdagi eritmalari bilan nikel(II)-atsetat va rux(II)-atsetat suvammiakli eritmalarining o‘zaro 1:1 nisbatda ta’sirlashuvidan tekis-kvadrat tuzilishli ML·A (M=Ni, Zn; A=NH3 , Py) kompleks birikmalari sintez qilindi. Olingan kompleks birikmalarning tarkibi va tuzilishi element analiz, IQ-, YAMR1 H spektroskopiyasi va RSA usullari bilan o‘rganildi.