Mazkur maqolada qayta qurish yillari va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tarixiga
yangicha yondashuvlar va talqinlar haqidagi fikrlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada XX
asrning 80- yillarining oxiri – 90- yillaridagi tadqiqotlarda sovet tuzumi davrida qaror topgan qarashlardan
qochishga, tarixiy voqeliklarni birlamchi manabalarga tayanib, xolis oʻrganishga intilish kuzatila boshlagan edi.
Bu davrda butun Sovet ittifoqi boʻylab boshlangan “qayta qurish” harakatlari natijasida har bir millat oʻzining
tarixini chuqurroq va haqqoniy oʻrganishga bel bogʻlaganligi toʻgʻrisidagi fikrlar yoritilgan.