Mahalliy bentonit gilmoyalari va poliakril kislotasi asosida choklangan tuzilishga ega polimer kompozitsion gellar sintez qilindi. Sintez qilingan kompozitsion gellarning suvli eritmalarda bo‘kishi o‘rganildi. Kompozitsiyalarning bo‘kish darajasi ularning tarkibidagi choklovchi vosita va bentonit gilmoyasi konsentratsiyasiga, vanna moduli va eritma pH-qiymatiga bog‘liqligi ko‘rsatib berildi.