Maqolada faollangan Angren oq kaolinga metanol adsorbsiya izotermalari turli
293K, 303K va 313K haroratlarda o’rganilgan. 293K da olingan adsorbsiya izotermalari asosida BET
bo‘yicha adsorbent solishtirma sirt maydoni S = 94,6•10-3 m2/kg ga teng ekanligi aniqlangan.
Adsorbentning mikrog‘ovak W0 = 19,8•10-3 м3/kg va mezog‘ovak hajmlari Wme=6,6•10-3 m3/kg ni
tashkil etgan.
Izosterik diferensiyal adsorbsiya issiqligi 3 xil haroratda adsorbsiya izotermalari asosida
hisoblangan. Adsorbsiya issiqligining maksimal qiymatida (Qmax = 68,0 kJ/mol) metanol
adsorbentdagi protonlar bilan o‘zaro adsorbent-adsorbat tasirlashuvi tufayli sodir bo‘lganligi
ko‘rsatilgan. Bu ion – molekulyar komplekslar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Faollangan
kaolinida metanol adsorbsiya issiqligi to‘lqinsimon ko’rinishga ega ekanligi bilan xarakterlangan.