Bodom po‘chog’idan 800 °C haroratda piroliz yo‘li bilan karbonizatsiyalangan
ko‘mir olindi. So’ngra 500 °C haroratda vakuumli reaktorda suv bug’lari yordamida namunalar
faollantirildi. Olingan ko‘mir namunasining tekstur xususiyatlari Mak-Ben-Bakraning sezgir kvars
spiralli qurulmasidan foydalanib, benzol bug‘i adsorbsiyasi orqali o‘rganildi. Unga ko‘ra faollangan
ko‘mirning solishtirma sirt yuzasining o‘lchamlari (SBET) 37030 m2/g, g‘ovaklarning o‘rtacha diametri
(D) 1,20,8 nm, to‘yinish adsorbsiyasi (as) esa 3,50,5 mol/kg ekanligi aniqlandi. Ko‘mir
namunalarining sirt morfologiyasi skanerlovchi elektron mikraskopiya usulida, element tarkibi rentgen
mikrotahlili usullari yordamida o‘rganildi. Shuningdek ularning fazaviy tarkibi rentgen difraktometriya
usuli yordamida tahlil qilindi.